"MYu" Frantsiya terma jamoasi yarim himoyachisi uchun kurashda "Arsenal"ni ortda qoldirmoqda

"Roma" yarim himoyachisi Manu Kone faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Loik Tanzining so'zlariga ko'ra, "Manchester Yunayted" yarim himoyachi uchun rasmiy muzokaralarni boshladi. "Roma" klubi 25 yoshli futbolchi uchun 51 million funt sterling (60 million evro) so'ramoqda. Frantsiyalik futbolchiga "Arsenal" ham qiziqish bildirmoqda, ammo "qizil iblislar" poygada "kanonirlar"dan oldinda.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Konening bozor qiymati 50 million evroni tashkil qiladi. O'tgan mavsumda futbolchi "Roma" safida barcha musobaqalarda 37 ta o'yinda ikkita gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. U 2026 yilgi Jahon chempionatida Frantsiya terma jamoasi safida beshta o'yinda maydonga tushgan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar