"MYu" forvardi hamon "Roma" nishonida

"Manchester Yunayted" hujumchisi Joshua Zirkzega hamon "Roma" qiziqish bildirmoqda.
Sky Sport xabariga ko'ra, Rim klubi hujum pozitsiyasini kuchaytirmoqchi va bosh murabbiy Jan Pero Gasperini yanvar oyining ilk kunlaridayoq yangi o'yinchi sotib olmoqchi. Bungacha "Bolonya" sharafini himoya qilgan Zirkzee asosiy nomzod sifatida ko'rilmoqda.
Rimliklar "MYu" bilan muzokaralar olib bormoqda va ma'lum shartlarga erishilgach, sotib olish huquqi bilan ijaraga olishni taklif qilmoqda. Ammo "Roma"ning qiziqishlarini diqqat bilan kuzatib borayotgan ingliz klubi niderlandiyalik futbolchini sotib yuborishni ma'qul ko'radi.
Joriy mavsumda Zirkze APLda 8 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.