«Atalanta» yarim himoyachisi Ederson kelayotgan yozda «Manchester Yunayted»ga ko'chib o'tishi mumkin.

«Qizil iblislar» bir necha yildan beri braziliyalik futbolchiga da'vogar sifatida ko'riladi, biroq shu paytgacha ish aniq muzokaralargacha etib bormagan edi. Tuttomercatoweb ma'lumotlariga ko'ra, Angliya grandi «Atalanta»ning futbolchini ikki baravar arzonroqqa — 60 million evro o'rniga 30 million evroga sotishga tayyorligini bilgach, 26 yoshli o'yinchiga yana qiziqish bildirgan. Bunday katta chegirma yarim himoyachining shartnomasi kelgusi yilning o'rtalarida nihoyasiga etishi bilan bog'liq.

Transfermarkt portali Edersonning qiymatini 40 million evroga baholamoqda. Avvalroq futbolchining Madridning «Atletiko» klubi bilan dastlabki kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqalgan edi.