"Manchester Yunayted" va "Antverpen" darvozabon Senne Lammens bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Belgiya klubi 23 yoshli futbolchi uchun 25 mln evro so'ramoqda, deya xabar bermoqda jurnalist Fabritsio Romano.

"Qizil iblislar" taxminan 20 mln evro va bonuslar taklif qilishga tayyor. Qayd etilishicha, yangi darvozabonning sotib olinishi Andre Onananing kelajagiga hech qanday ta'sir ko'rsatmaydi.

Transfermarkt portali ekspertlari Senne Lammensning narxini ancha arzon - 9 mln evroga baholamoqda. Darvozabon joriy yilning mart oyidan beri Belgiya terma jamoasi safiga taklif qilinmoqda, ammo u hali debyut qilishga ulgurmadi.

Ma'lumot o'rnida, Lammens "Antverpen" safida hamyurtimiz Muhammadali O'rinboev bilan jamoadosh hisoblanadi.