"MYu" "Brayton"ga qarshi so'nggi 10 ta o'yindan 7 tasida mag'lub bo'lgan

"Manchester Yunayted" Angliya kubogining 3-raundidan o'rin olgan "Brayton"ga qarshi bahsda 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.
"Chaykalar" bilan so'nggi 10 o'yinda "MYu" 7 ta mag'lubiyatga uchradi va uchta g'alabaga erishdi - ikkitasi asosiy vaqtda va bittasi penaltilar seriyasida 2023 yil 23 aprel kuni bo'lib o'tgan Angliya kubogi bahsida.