«MYu» «Atalanta» yarim himoyachisi bilan kelishib oldi

«Atalanta» yarim himoyachisi Ederson Lourenso «Manchester Yunayted»ga o'tishga juda yaqin turibdi. Nikolo Skiraning ma'lumotlariga ko'ra, iyul oyida 27 yoshga to'ladigan braziliyalik futbolchining transferi bo'yicha muzokaralar yakuniy bosqichda. Gap 45 million evro va yana 5 mln evro bonus haqida ketmoqda.
Ederson aprel oyi boshidayoq «MYu» bilan 2031 yil yozigacha mo'ljallangan, yillik maoshi 5 mln evro bo'lgan shartnomani kelishib qo'ygan edi. Sasha Tavolerining ta'kidlashicha, «Yunayted» va «Atalanta» allaqachon 50 millionlik kelishuvni yopishgan.
Ederson A Seriyaning ushbu mavsumida 30 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi va 3 ta sariq kartochka oldi.