"Manchester Yunayted" ilk bor Ruben Amorim qo'l ostida APLda ketma-ket ikki o'yinda g'alaba qozondi.

Bugun mankunianliklar 8-turda "Liverpul"ni mag'lub etishdi (2:1). 4 oktyabr kuni "Sanderlend" 2:0 hisobida taslim qilingandi.

Bu oygacha "MYu" Amorim ishlagan davrda biror marta ketma-ket ikki marta APL o'yinida g'alaba qozonmagan.

Portugaliyalik murabbiy jamoa bilan 2024 yilning noyabridan buyon ishlab kelmoqda.