"MYu" Amorim boshqaruvida APLda o'rtacha 1 ochko to'plamoqda

"Manchester Yunayted" Ruben Amorim boshchiligida APL o'yinlarida o'rtacha bir ochkodan biroz ko'proq to'plamoqda.
Mankunianliklar bugun Angliya chempionatining 6-turida "Brentford"ga 1:3 hisobida mag'lub bo'lishdi.
Portugaliyalik murabbiy boshchiligidagi "MYu" Premer-ligada 33 ta uchrashuvda ishtirok etdi. Jamoa 9 ta g'alaba qozondi, 7 marta durang o'ynadi va 17 marta mag'lubiyatga uchradi. Umumiy hisobda to'plar farqi 39:53 ni tashkil etdi.