"MYu" 70 million funtga 2 ta futbolchi xaridini reja qildi

"Manchester Yunayted" qishda yarim himoyachi xarid qilishi mumkin. Xabarlarga ko'ra, "Bornmut"ning ikki futbolchisi Tayler Adams hamda Aleks Skott "qizil iblislar" radarida turibdi.
Ruben Amorim "olchalar" bilan 4-4 hisobida tugagan bahsdan so'ng bu ikki futbolchini yoqtirib qolgan. Qayd etilishicha, bu qo'shaloq transfer "MYu"ga 70 million funtga tushishi taxmin qilingan.
Manba: newsnow.co.uk