MYU 50 yil ichida ilk bor "Old Trafford"da ikki to'p farqi bilan oldinda borib mag'lubiyatga uchradi

Maykl Kerrik boshchiligidagi jamoa Angliya liga kubogining 3-raundida o'z maydonida "Brayton"ga imkoniyatni boy berdi (2:3).
Uchrashuvning 8-daqiqasida Shi Leysi mankunianliklarni oldinga olib chiqqan bo'lsa, 10-daqiqada Meyson Maunt oradagi farqni oshirdi. Qo'shilgan 1-daqiqada Xaralampos Kostulas "Brayton"ning dastlabki golini urdi. Paskal Gross 65-daqiqada muvozanatni tiklagan bo'lsa, 69-daqiqada Maksim de Kyoyper mehmonlarning g'alaba goliga mualliflik qildi.
Kommentariyalar