"MYu" 120 million funtli yarim himoyachini nishonga oldi

"Manchester Yunayted" hamda "Liverpul" bir futbolchi uchun kurash olib boradi. Xabarlarga ko'ra, "qizil iblislar" "Nottingem" yarim himoyachisi Elliot Anderson uchun 157 million dollar to'lashga rozi bo'lishi mumkin.
U ajoyib o'yinlari bilan Angliya terma jamoasiga chaqiruv olgan edi. Ayni damda Anderson 120 funtga baholanmoqda. 24 yoshli futbolchiga "Chelsi" hamda "Man Siti" ham qiziqish bildirgani aytiladi.