"MYu" 10 million evroga yarim himoyachi xarid qiladi

"Manchester Yunayted" tez orada Germaniyadan yangi xarid amalga oshiradi. Xabarlarga ko'ra, "Gerta Berlin" klubi tarbiyalanuvchisi Kennet Ayxgorn "qizil iblislar" radariga tushgan. 16 yoshli yarim himoyachi bu mavsumdan tarkibga kiritila boshlandi.
U ayni damda 2029 yilga qadar shartnomasi mavjud. "MYu" 10 million evro evaziga ushbu nemis futbolchisiga ega chiqmoqchi. Ayxgorn Germaniyaning 17 yoshlilar jamoasida doimiy to'p surib keladi.
Manba: Sky Sports