Myorfi: "Manchester Siti"ning o'yini ular bo'lishi kerak bo'lgan darajaga mos kelmaydi"

O'tmishda mashhur bo'lgan angliyalik futbolchi Denni Myorfi "Manchester Siti"ning so'nggi o'yinlardagi natijalari haqida fikr bildirdi. Yakshanba kuni "shaharliklar" "Tottenxem"ni mag'lub eta olmadi (2:2).
O'tgan oyda Xosep Gvardiola jamoasi EChLda Norvegiyaning "Bude-Glimt" (1:3) va APLda "Manchester Yunayted"ga (0:2) sensatsion tarzda yutqazgandi.
"Voqelik shundayki, ularning o'yini tarkibni hisobga olgan holda bo'lishi kerak bo'lgan darajaga mos kelmayapti. Ayni damda ba'zi futbolchilarning psixologiyasida muammolar borga o'xshaydi", - deya ekspertning so'zlarini keltiradi BBC.
Angliya chempionatining 24-turidan keyin "Manchester Siti" 47 ochko bilan 2-o'rinda bormoqda.