Myorfi Alonso kelganidan keyin "Chelsi" nima qilishi kerakligini aytdi

"Liverpul" va "Tottenxem"ning sobiq futbolchisi Denni Myorfi Xabi Alonsoning "Chelsi" bosh murabbiyi etib tayinlanishi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Xabi Alonso "Bayer"da ajoyib ishni amalga oshirdi, u juda aqlli inson. U "Chelsi" muxlislari ko'rishni istagan futbol uslubini joriy qiladi, futbolchilarga ham u bilan ishlash yoqadi. Bu rivojlanayotgan klub uchun mantiqiy qaror bo'ldi. Biroq "Chelsi" uchun eng muhimi — aslida kimni murabbiy etib tayinlashganida emas, balki transfer siyosatidagi taktikani o'zgartirishdir. Chunki agar ular tarkibga biroz tajriba va ko'proq bilimga ega o'yinchilarni qo'shib olishmasa, baribir xuddi shunday natijani ko'raverishadi", — deya Myorfining so'zlaridan iqtibos keltiradi BBC nashri.
Eslatib o'tamiz, Xabi Alonso "Chelsi" bilan 2030 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi. Ispaniyalik mutaxassis ish boshlashga iyul oyi boshida kirishadi.