"Inter" yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan "PSJ"ga qarshi Chempionlar ligasi finali haqidagi xotiralari bilan o'rtoqlashdi.

31 may kuni Myunxenda bo'lib o'tgan o'yin "neradzurrilar"ning 0:5 hisobidagi mag'lubiyati bilan yakunlangan edi.

"Men buni shunday tushuntiraman: "Bavariya" va "Barselona"ga qarshi to'rtta super o'yin o'tkazganimizdan so'ng, biz "PSJ"ni mag'lub eta olamiz deb o'ylagandik. O'sha kuni hammasi noto'g'ri ketdi", - deya Mxitaryanning so'zlarini keltiradi Nikolo Skira.