Armaniston futbol federatsiyasi mamlakat terma jamoasi bosh murabbiyi Egishe Melikyan va "Inter" yarimhimoyachisi Genrix Mxitaryan uchrashuvi haqida xabar berdi.

"Inter" - "Yuventus" uchrashuvidan so'ng Armaniston milliy jamoasi bosh murabbiyi Egishe Melikyan Genrix Mxitaryan bilan uchrashdi va u bu bosqichda faqat klubdagi faoliyatiga e'tibor qaratayotganini tasdiqladi.

Melikyan va Mxitaryan Evropa va Armaniston futboliga oid bir qator masalalarni ham muhokama qilishdi", - deyiladi federatsiya xabarida.

Mxitaryan 2021 yildan beri Armaniston terma jamoasida o'ynamaydi.