Muslera Urugvay terma jamoasi tarixida Jahon chempionatlarida maydonga tushgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi

Darvozabon Fernando Muslera 2026 yilgi Jahon chempionati final bosqichi guruh bosqichi 1-turidan o'rin olgan Saudiya Arabistoniga qarshi o'yinda (1:1) Urugvay terma jamoasi safida maydonga tushdi.
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA)ning xabar berishicha, Muslera 39 yoshu 364 kunligida jahon chempionatlarida Urugvay sharafini himoya qilgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi va Diego Godinga tegishli bo'lgan avvalgi rekordni uch yildan ko'proq muddatga yangiladi.
Muslera milliy terma jamoadagi debyutini 2009 yilning oktyabr oyida nishonlagan edi. Ushbu vaqt ichida u 136 ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 137 ta to'p o'tkazib yubordi va 52 ta «quruq o'yin» (darvozasi daxlsizligini saqlab qolish) qayd etdi.