Payshanba kuni "Bavariya" hujumkor yarim himoyachisi Jamal Musiala maydondagi mashg'ulotlarni qayta boshladi. Futbolchi engil yugurish va yana ba'zi engil mashqlarni bajardi, deb yozadi Sky Germany nashri.

Manbaga ko'ra, 22 yoshli Musiala dekabr oyida "Bavariya" o'yinlarida ishtirok etishni rejalashtirmoqda.

Xabaringiz bor, Jamal Musiala iyul oyi boshida "Bavariya" klublar o'rtasidagi jahon chempionatida "PSJ"ga qarshi o'ynaganida jiddiy jarohat olgandi. Keyin Musiala operatsiya qilindi va tiklanish jarayonini boshladi.