Andre Onana APLda qatorasiga uchinchi o'yinda zaxira o'rindig'ida qoldi.

Kechagi bahsda "mankunianliklar" darvozasidan Altay Bayindir joy oldi. U ketma-ket uchinchi uchrashuvda birinchi daqiqalardan maydonga tushdi.

O'z navbatida Andre Onana chempionatda qatorasiga uchinchi o'yinda zaxirada qoldi. Darvozabon joriy mavsumda bitta o'yin o'tkazdi - Angliya liga kubogida "Grimsbi Taun"ga qarshi (2:2, penaltilar bo'yicha 11:12).

Shuningdek, hujumchi Benjamin Sheshko «Byornli»ga qarshi o'yinda zaxirada qolganini ham qayd etish joiz.