«Chelsi» kiyinish xonasida klub rahbariyatidan norozilik kayfiyati hukm surmoqda, ayniqsa, Entso Mareskaning bosh murabbiylik lavozimidan bo'shatilishi haqidagi qarordan so'ng vaziyat keskinlashgan. Jurnalist Eduardo Burgosning xabar berishicha, jamoaning bu masaladagi pozitsiyasini faol ifoda etayotgan futbolchilardan biri yarim himoyachi Entso Fernandesdir.

Ma'lumki, «Chelsi» Entso Mareskaning iste'fosini Yangi yil kuni — 1 yanvarda e'lon qilgan edi. Oradan ko'p o'tmay, jamoani Liam Rosenor qabul qilib oldi. Hozirda «aristokratlar» Premer-liga turnir jadvalida oltinchi o'rinni egallab turishibdi.

«Chelsi» navbatdagi uchrashuvini 4 aprel kuni Angliya kubogi doirasida «Port Veyl»ga qarshi o'tkazadi.