Ispaniyalik vinger Viktor Munos «Liverpul» a'zosiga aylandi. Vaholonki, bundan bir necha hafta oldin uni sotib olish uchun asosiy da'vogar «Nyukasl» bo'lib turgan edi.

«The Athletic» nashrining xabariga ko'ra, «qarg'alar» rahbariyati ushbu kelishuv muvaffaqiyatli yakunlanishiga to'liq ishongan va «Osasuna» bilan so'nggi detallarni kelishib olgach, transferni rasmiylashtirishni rejalashtirgan edi. Ammo mersisaydliklarning yangi bosh murabbiyi Andoni Iraola ishga aralashgach, vaziyat tubdan o'zgarib ketgan.

Ma'lum qilinishicha, ispaniyalik mutaxassis Munos bilan shaxsan bog'lanib, unga jamoadagi roli va kelajakdagi rejalari haqida batafsil gapirib bergan. «Osasuna» klubidagilarning fikricha, aynan mana shu suhbat muzokaralarda burilish nuqtasi bo'lgan va futbolchini «Liverpul» foydasiga qaror qabul qilishga undagan.

Bundan tashqari, moliyaviy tomon ham muhim rol o'ynagan: «Nyukasl» futbolchi uchun 32 million evro naqd va yana 5 million evro bonus taklif qilgan bir paytda, «Liverpul» hech qanday ikkilanishlarsiz «Osasuna» hisob raqamiga darhol 40 million evro o'tkazib berishga tayyorligini bildirgan.

Manba: Stadion.uz