Munos Kolumbiyaning DR Kongo bilan o'yindagi g'alabasiga izoh berdi

Kolumbiya terma jamoasi laterali Daniel Munos JCh-2026 guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan DR Kongoga qarshi uchrashuvda yagona golni urgach, final hushtagidan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
«Jamoamiz o'zining tajovuzkor uslubida o'ynadi. Biz natijaga birgalikda erishdik. Ushbu g'alaba bizga o'z kuchimizga bo'lgan ishonchni yanada oshiradi. Kolumbiya erishilgan yutuqlarda to'xtab qolmaydi», — deya himoyachining so'zlarini keltiradi Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) matbuot xizmati.
Kolumbiya terma jamoasi olti ochko jamg'arib, mundialning pley-off bosqichi yo'llanmasini naqd qildi. Navbatdagi uchrashuvda Munos va uning jamoadoshlari Portugaliya milliy terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar