Belgiyaning "Antverpen" klubi safini Frantsiyaning "Lion" klubi yarim himoyachisi Mamadu Diavara to'ldirdi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano o'z ijtimoiy tarmoqlarida ma'lum qildi.

Manbaga ko'ra, kelishuv "Antverpen"ga 250 ming evroga tushgan. Shartnomada 20 yoshli frantsuzni 3 million evroga sotib olish va maoshini to'liq Belgiya tomonidan qoplash imkoniyati ko'zda tutilgan. Shuningdek, "Lion" futbolchining qayta sotuvidan 10 foiz olishi mumkin. Diavaraning tibbiy ko'rikdan o'tishi 7 sentyabrga belgilangan.

Futbolchi Frantsiya U19 yoshlar terma jamoasida 5 ta o'yin o'tkazgan. Divara o'tgan mavsum klub miqyosida 20 ta o'yinda maydonga tushdi ("Gavr"da 15 ta, "Lion"da 5 ta) va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.