Muhammad Saloh «Liverpul» safida 250-golini urdi. Undan faqat ikki sobiq futbolchi oldinda

"Liverpul" vingeri Muhammad Saloh mersisaydliklar safidagi 250-golini urdi.
Misrlik futbolchi APLning 10-turidan o'rin olgan "Aston Villa"ga (1:0, tanaffus) qarshi bahsda hisobni ochdi. Endi uning hisobida "qizillar" safida kiritilgan 250 ta gol bor.
"Liverpul" safida faqat Ian Rash (346) va Rodjer Xant (285) ko'proq gol urgan.
Mohamed Salah what a goal ????
— (fan) ????.???????????? (@FCSALAH11) November 1, 2025
Liverpool fans tell me again who you want to be dropped
pic.twitter.com/Dav3kU0Ye4