"Renn"ning 18 yoshli forvardi Muhammad Meite faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettiradi.

"Al-Hilol" frantsiyalik futbolchining transferini 30 million evroga kelishib oldi, deb xabar bermoqda jurnalist Fabris Xokins.

Meitega "Manchester Yunayted" ham qiziqish bildirayotgandi. Meite joriy mavsum Liga 1da 17ta o'yinda 3ta gol urdi.