"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh o'ziga bo'lgan munosabatdan norozi.

33 yoshli hujumchi televidenie mutaxassislari, jumladan, sobiq "Liverpul" futbolchilarining doimiy tanqidlaridan g'azablanmoqda: ularning ko'pchiligi Salohni jamoaning bu mavsumdagi muvaffaqiyatsizliklarining asosiy sababchilaridan biri sifatida ko'rsatishgan.

Muhammad bu bahoni mutlaqo adolatsiz deb biladi, chunki uning fikricha, maydondagi ishlar usiz ham yaxshi bo'lmagan.