Muammo Akanjining o'zida qolmoqda

"Manchester Siti" "Galatasaroy"ning markaziy himoyachi Manuel Akanji bo'yicha taklifini qabul qildi.
Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, "shaharliklar" shveytsariyalikni turk klubiga 15 million funt sterlingga (deyarli 17,5 million evro) sotishga rozi bo'lishdi.
Muammo shundaki, futbolchining o'zi hamon transferga ruxsat bermagan. Manbaga ko'ra, "Bayer" Manuel Akanji uchun kurashga qo'shilishi mumkin: "dorichilar" 30 yoshli futbolchini Londonning "Arsenal" klubiga o'tishi mumkin bo'lgan Pero Inkape o'rnini bosuvchi futbolchi sifatida ko'rishmoqda.