Moyses Kaysedo «Real»ning qiziqishiga javob qaytardi

«Chelsi» yarim himoyachisi Moyses Kaysedo Madridning «Real» klubi tomonidan bo'layotgan qiziqishlar haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.
«Men «Chelsi» afsonasiga aylanishni istayman. Mening «Chelsi» bilan shartnomam bor va bor e'tiborimni ushbu klub hamda Ekvador terma jamoasidagi ishtirokimga qaratganman», — deya Kaysedoning so'zlaridan iqtibos keltiradi insayder Fabritsio Romano.
Moyses Kaysedo 2021 yilda «Brayton»dan «Chelsi» safiga 116 million evro evaziga o'tgan edi. Uning London klubi bilan shartnomasi 2031 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda yarim himoyachi «ko'klar» safida barcha musobaqalarda 41 ta o'yinda maydonga tushib, beshta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Kaysedoning bozor qiymatini 110 million evroga baholamoqda.