Moyes: "Pikford Angliyaning eng kuchli darvozaboni"

"Everton" o'z maydonida "Brayton"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuv qahramonlaridan biri "Everton" darvozaboni Jordan Pikford bo'ldi, u o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi va eng muhimi, penaltini qaytardi. Mersisaydliklar jamoasi bosh murabbiyi Devid Moyes darvozabon haqida fikr bildirdi.
"Pikfordning ba'zi qarorlari menga ba'zan g'alati tuyuladi va men sochimni yulib oldim, lekin u yuqori darajadagi darvozabon. Shuning uchun u Angliyaning eng yaxshi darvozaboni bo'lgan va shunday bo'lib qolmoqda. Sizga katta qarorlar qabul qila oladigan odamlar kerak, shuningdek, kerak bo'lsa penaltilarni qaytaradigan darvozabon ham kerak" - dedi Moyes Match of the Day bilan suhbatda.
APLning 3-turida "Everton" "Vulverxempton"ga qarshi bahs olib boradi.