Joze Mourino «Real» bosh murabbiyligiga qaytishi mumkinligi haqidagi muhokamalarga ayyorona munosabat bildirdi.

«Mening yaqin oradagi maqsadim — «Benfika»ni Chempionlar ligasiga olib chiqish», — deya Mourinoning so'zlarini keltiradi Goal portali Il Giornale nashriga tayanib.

Hozirda «Benfika» Portugaliya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. Mourino jamoasi peshqadam «Portu»dan etti ochko orqada qolmoqda. Mavsum yakunigacha uchta tur qoldi.

Eslatib o'tamiz, Joze Mourino avval ham (2010–2013 yillarda) uch mavsum davomida «Real»ni boshqargan. So'nggi haftalarda matbuotda portugaliyalik mutaxassisning Madrid top-klubiga qaytishga tayyorligi haqida ko'plab xabarlar tarqalgan edi.