Mourinoning Portugaliyadagi maoshi juda kam ekan

Portugaliyalik sobiq futbolchi, hozirda Lissabonning "Benfika" klubi prezidenti Ruy Koshta jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinoning shartnomasi shartlari haqida gapirdi.
"Birinchi mavsumda uch million, keyingisida to'rt million? Jozening shartlari taxminan shunday. Bu uning Portugaliyadan ko'chib kelganidan keyin olgan eng kam maoshi edi. Bundan tashqari, Mourino o'zining mavsumiy maoshidan kamroq summa evaziga shartnomani muddatidan oldin bekor qilish bandini yozishga rozi bo'ldi. Bu bilan u bizga katta hurmat ko'rsatdi," - deya rahbarning so'zlarini keltiradi A Bola.
62 yoshli murabbiy "burgutlar"ni 18 sentyabr kuni qabul qilib oldi. "Special One" ikki yillik mehnat shartnomasiga imzo chekdi.