15 dekabr kuni Domeniko Tedesko boshchiligidagi "Fenerbahche" Turkiya chempionatining 16-turida "Konyaspor"ni (4:0) mag'lub etdi.

Shu tariqa, "Fenerbahche" mag'lubiyatsiz seriyasini 15 o'yinga etkazdi - bu oraliqda jamoa 10 g'alaba va 5 durang qayd etgan.

Istanbul klubi 16 o'yinda 36 ochko to'plab, musobaqa jadvalida 2-o'rinni egallab turibdi. Peshqadam "Galatasaroy"dan ortda qolish uch ballni tashkil etadi.

"Fenerbaxche" navbatdagi o'yinini 20 dekabr kuni chempionatning 17-jamoasi "Eyupspor"ga qarshi o'tkazadi.

Tedesko istanbulliklar bosh murabbiyligida Joze Mourino o'rnini egallagan edi.