Joze Mourino katta ehtimol bilan "Benfika"ning yangi murabbiyiga aylanadi.

62 yoshli portugaliyalik Chempionlar ligasi 1-turidan o'rin olgan "Qorabog'"ga (2:3) qarshi o'yindan so'ng, bugun Brunu Lajeni iste'foga chiqargan Lissabon klubi bilan printsipial kelishuvga erishdi.

CNN Portugal xabariga ko'ra, Mourinoning "Benfika" bilan muzokaralari yakuniy bosqichda.

E'tiborlisi, avgust oyi oxirida "Fenerbaxche" Mourinoni Chempionlar Ligasi pley-off bosqichida "Benfika"ga yutqazib qo'yganidan (0:0, 0:1) so'ng iste'foga chiqargandi.