Joze Mourino "Chelsi"ni yutishdan ko'ra ko'proq yutqazadi.

Portugaliyalik murabbiy qo'l ostidagi "Benfika" Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 2-turida londonliklarga imkoniyatni boy berib qo'ydi (0:1).

Mourino murabbiylik faoliyati davomida "Chelsi" bilan 15 marta to'qnash kelgan. 5 ta o'yin Joze jamoalari foydasiga hal bo'ldi, 8 ta o'yin mag'lubiyat bilan yakunlangan. Ikkita durang bo'lgan.

Mourino "Benfika"dan tashqari "Chelsi"ga qarshi "Inter", "MYu" va "Tottenxem" kabi jamoalar bilan o'yin o'tkazgan.

Joze "Chelsi"ni ikki marta (2004-2007, 2013-2015) boshqargan.