Madridning "Real" klubi o'ng qanot vingeri Braim Dias "Benfika" qiziqishlari doirasida bo'lib turibdi.

Relevo xabariga ko'ra, 26 yoshli marokashlik futbolchi transferiga shaxsan Joze Mourinoning o'zi qiziqish bildirmoqda.

Braimning "qirollik klubi" bilan shartnomasi 2027 yil yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt uni 40 million evroga baholamoqda.

Dias joriy mavsum 11 ta o'yinda 1 ta gol urib, 2 ta assist berdi.