Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino “Real Madrid”ga qanday futbolchilarni jalb qilish bo'yicha bir qarorga keldi.

Diario AS nashrining xabar berishicha, portugaliyalik mutaxassis Madrid klubi rahbariyatiga tarkibni kuchaytirish uchun yulduz futbolchilarni sotib olishdan manfaatdor emasligini ma'lum qilgan.

Ta'kidlanishicha, Mourino maydonda ko'p mehnat qilishga tayyor, jangovarlik xislatlarini namoyish eta oladigan va yaqqol namoyon bo'luvchi xudbinlikdan (egodan) xoli bo'lgan “och” futbolchilarni jalb qilishni talab qilmoqda.

Murabbiy jamoada yuqori motivatsiya va jamoaviy ruhga ega bo'lgan, o'zining intensiv futbol borasidagi talablariga to'liq javob bera oladigan o'yinchilarni ko'rmoqchi.

Eslatib o'tamiz, Joze Mourino 2010 yilning iyulidan 2013 yilning iyuniga qadar ham “Real” bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan. Portugaliyalik mutaxassis “qirollik klubi”ni tark etganidan keyin “Chelsi”, “Manchester Yunayted”, “Tottenhem”, “Roma”, “Fenerbahche” va “Benfika” kabi jamoalarni boshqardi.

Manba: daryo.uz