Mourino yana «Real»da? Fabritsio Romano muzokaralar ehtimoli haqida gapirdi

«Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourino Madridning «Real» klubidagi bo'sh qolishi kutilayotgan lavozimga nomzodlar qatorida tilga olinmoqda.
Ma'lumotlarga ko'ra, mavsum yakunlangach, «qaymoqranglilar» Alvaro Arbeloa o'rniga yangi murabbiy qidirishadi. Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ta'kidlashicha, «maxsus» (The Special One) «qirollik klubi»ga qaytishdan mamnun bo'lgan bo'lardi, biroq hozirgi vaqtda u bilan hech qanday muzokaralar olib borilmayapti.
Joze Mourino 2010 yildan 2013 yilgacha Madrid grandi boshqaruvida faoliyat yuritgan. Mutaxassis o'tgan yilning sentyabr oyidan buyon «Benfika»da ishlab kelmoqda va uning amaldagi shartnomasi 2026/27 yilgi mavsum yakunigacha mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, yaqinda «Real» Chempionlar ligasi chorak finalida «Bavariya»ga imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etgan edi.