Manbalarga ko'ra, «Real»ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourino Federiko Valverdeni jamoada olib qolishga qaror qildi, garchi avvalroq madridliklar urugvaylik futbolchi bilan xayrlashishga tayyor ekanliklari bir necha bor xabar qilingan bo'lsa-da.

Shu bilan birga, «qirollik klubi» yozda xayrlashishni rejalashtirayotgan ikki futbolchini aniqlab oldi. Bular — Orelen Tchuameni va Eduardu Kamavinga.

Federiko Valverde 2018 yildan beri «Real» safida to'p tepadi. O'tgan mavsumda yarim himoyachi klub uchun 49 ta o'yin o'tkazib, to'qqizta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: Stadion.uz