Mourino va Arteta yo'q: "Tottenxem"ning sobiq futbolchisi dunyoning eng yaxshi 15 murabbiyini aytdi

Londonning "Tottenxem" klubi sobiq futbolchisi Jeymi O'Xara bugungi kunda jahon futbolidagi eng yaxshi murabbiylarni sanab o'tdi.
Ushbu ro'yxatdan 15 nafar mutaxassis o'rin olgan: Xans-Diter Flik, Xosep Gvardiola, Arne Slot, Xabi Alonso, Diego Simeone, Antonio Konte, Karlo Anchelotti, Luis Enrike, Simone Indzagi, Tomas Tuxel, Dide Desham, Luis de la Fuente, Lionel Skaloni, Entso Mareska va Unai Emeri.
Eslatib o'tamiz, O'Xara butun faoliyatini "tumanli Albion"da o'tkazgan. Jeymi "Tottenxem"dan tashqari "Vulverxempton", "Fulxem", "Blekpul" va boshqa jamoalarda o'ynagan. Uning faoliyatidagi so'nggi klubi "Belleriki Taun" edi.