"Benfika" bosh murabbiyi Joze Mourino jamoani pul uchun qabul qilmaganini aytdi.

"Agar mavsum oxirigacha uyda qolganimda, ko'proq pul ishlab topgan bo'lardim. Lekin men shu erdaman. Siz mendan bu variantga nega rozi bo'lganimni so'rayapsiz.

Chunki men ishlashni yaxshi ko'raman. Chempionlik uchun kurashishni sog'indim. "Roma"da chempion bo'la olmasdim.

Men "Fenerbaxche"da o'ziga xos imkoniyat yarata olmadim. Uyda o'tirish men uchun emas", - deya Mourinoning so'zlarini keltiradi A Bola.