"Benfika" bosh murabbiyi Joze Mourino "Nyukasl Yunayted"ga qarshi o'yin oldidan jurnalistlarning savollariga javob berdi. 

UEFA Chempionlar ligasining 3-turidan o'rin olgan o'yin 21 oktyabr oqshomida bo'lib o'tadi.

"Men Ser Bobbi Robson bilan olti yil ishladim. U "Nyukasl"ga - shaharga, mintaqaga va futbol klubiga bo'lgan ishtiyoqini ko'rsatmagan kun bo'lmasdi.

"Nyukasl" menga qanchalik qadrli ekanini hech qachon yashirmaganman", – dedi Joze.