Mourino uchun Chempionlar ligasi bosh sovrini 15 yildan buyon armon bo'lib qolmoqda

Joze Mourino 15 yildan ortiq vaqtdan beri Chempionlar ligasida g'olib chiqa olmayapti.
Uning qo'l ostidagi «Benfika» o'tish bosqichi o'yinlarida «Real»ga ikki bor imkoniyatni boy berdi (0:1, 1:2) va joriy musobaqa bilan xayrlashdi.
Portugaliyalik mutaxassis Chempionlar ligasi va Evropa chempionlari kubogida bir martadan ko'p g'alaba qozongan 21 nafar murabbiydan iborat nufuzli guruhga kiradi. U 2004 yilda «Portu» va 2010 yilda «Inter» jamoalari bilan ushbu nufuzli sovrinni qo'lga kiritgan edi.