Mourino Tchuamenining «Real»dan ketishiga to'sqinlik qilmoqda

Yarim himoyachi Orelen Tchuameni shu yozda «Real»ni tark etishi mumkin — mish-mishlar frantsiyalik futbolchini «Manchester Yunayted»ga o'tishi bilan bog'lamoqda.
Indykaila News ma'lumotlariga ko'ra, «qirollik klubi»ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourino Tchuamenining ketishi masalasi bo'yicha shoshilinch majlis o'tkazdi. U yarim himoyachining yo'qotilishi Madrid klubi uchun kuchli zarba bo'lishiga ishonadi. Portugaliyalik mutaxassis «Real» rahbariyatini Tchuameni uning rejalari uchun hayotiy muhim ekanligiga ishontirish uchun barcha choralarni ko'rmoqchi.
Orelen Tchuameni «Real»ga 2022 yilda «Monako»dan 80 million evro evaziga o'tgan edi. Uning «qirollik klubi» bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda yarim himoyachi Madrid klubi safida barcha turnirlarda 49 ta o'yin o'tkazib, ikkita gol urgan va ikkita golli uzatmani amalga oshirgan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar