Mourino shtabi va «Benfika» futbolchilari «Portu» bilan o'yin oldidan virusli infektsiyaga chalindi

Joze Mourino murabbiylar shtabi hamda «Benfika»ning bir necha futbolchilari virusli infektsiyaga chalingani ma'lum qilindi.
Portugaliya chempionatining yakshanba kuni bo'lib o'tadigan «Portu»ga qarshi o'yini oldidan kasallanganlarda asosiy belgilar — bosh og'rig'i va tananing og'rishi.
Kuni kecha Londonga safar chog'ida, Chempionlar Ligasida «Chelsi»ga qarshi (0:1) bahsdan oldin Mourino o'zida yuqori harorat va gripp alomatlari borligini tan olgan edi.
«Benfika»ning tibbiy shtabi vaziyatni nazorat qilib turibdi, ammo futbolchilarning holatiga oid xavotir saqlanib qolmoqda.
Manba: sports.ru