Mourino rejalariga kirmagan futbolchi «Marsel»ga o'tishga yaqin

«Real Madrid»ning markaziy himoyachisi Raul Asensio Frantsiyada faoliyatini davom ettirishi mumkin. Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, «qaymoqranglilar»ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinoning rejalariga kirmayotgan 23 yoshli futbolchiga «Marsel» da'vogarlik qilmoqda.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, dastlab Asensio Madridni tark etishni xohlamagan, ammo yakunda klub talab qilayotgan transferga rozi bo'lishi mumkin. «Marsel» ispaniyalik futbolchini 15 million evroga sotib olish majburiyati bilan ijaraga olmoqda.
Xabar qilinishicha, «Real» Asensioning «Marsel»dan keyingi har qanday sotuvi summasidan 25% ulush huquqini o'zida saqlab qoladi. Oldinroq futbolchiga Portugaliyaning «Benfika» klubi qiziqish bildirgan edi, biroq Lissabon klubi bitimga «Real» uchun himoyachini qayta sotib olish optsiyasini kiritishdan bosh tortgan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar