Madridning «Real» klubi yangi bosh murabbiyi Joze Mourino yarim himoyachi Jud Bellingem iqtidorining ashaddiy muxlisi hisoblanadi.

Portugaliyalik mutaxassis ingliz futbolchisi bilan hali birga ishlashga ulgurmagan bo'lsa-da, uning o'yiniga yuqori baho bermoqda. Futbolchining o'zi ham yaqinda bergan intervyusida murabbiyga bo'lgan hurmati baland ekanini ta'kidlab o'tgandi. Jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, «Real» rahbariyati Mourino va Bellingemning birgalikdagi faoliyatini intiqlik bilan kutmoqda. Klub boshliqlari yarim himoyachi tajribali murabbiy qo'l ostida yanada yuksalishiga to'liq ishonishadi.

Eslatib o'tamiz, Jud Bellingem 2023 yilda «qaymoqranglilar» safiga kelib qo'shilgan edi. Joze Mourino esa oradan 13 yil o'tib, shu yilning iyun oyida Madrid klubiga qaytdi.

Manba: Stadion.uz