Mourino «Real» yarim himoyachisini qo'yib yuborishga tayyor

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Orelen Tchuameni yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ramon Alvares de Mon xabar bermoqda.
Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, 26 yoshli frantsuz «Real»ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourino uchun daxlsiz futbolchi hisoblanmaydi. Ta'kidlanishicha, portugaliyalik mutaxassis Tchuamenini o'zi uchun haqiqatan ham muhim futbolchilar bo'lgan Bellingem va Valverde bilan bir qatorga qo'ymayapti.
Yakunlangan klub mavsumida Tchuameni barcha turnirlarda 49 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 2 ta gol va 2 ta golli uzatma yozdirib qo'ygan edi.
Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining transfer bahosi 70 million evroni tashkil etadi.