«Real» bosh murabbiyi Joze Mourino Madrid klubi rahbariyatiga murojaat bilan chiqdi.

Jurnalist Serxio Valentinning xabar berishicha, portugaliyalik mutaxassis bir necha hafta oldin «qaymoqranglilar» rahbariyati bilan uchrashgan. Bosh murabbiy unga to'pga kamroq teginish orqali jamoa o'yinini kuchaytira oladigan futbolchi kerakligini aytgan. «Real» boshliqlari bunday transferning zarurligi borasida o'ylab ko'rishmoqda.

Eslatib o'tamiz, Joze Mourino shu yilning yozida «Real»ni boshqargan edi. Portugaliyalik mutaxassis Madrid klubi bilan 2029 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzolagan. Mourino 2010-2013 yillarda ham «qaymoqranglilar»ni boshqargan. Uning qo'l ostida «Real» Ispaniya chempionati, Ispaniya Kubogi va Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritgan.

Manba: Stadion.uz