Mourino «Real» qaysi sxema bo'yicha o'ynashini hal qildi

Madridning «Real» klubi yangi bosh murabbiyi Joze Mourino jamoa uchun ustuvor taktik sxemani tanladi.
Portugaliyalik mutaxassis bo'lajak mavsumda 4-2-3-1 formatsiyasiga urg'u bermoqchi, deya xabar bermoqda «The Athletic». Bunday joylashuvda hujum uchidan Kilian Mbappe joy oladi, Vinisius Junior esa, o'z navbatida, o'zi uchun odatiy bo'lgan chap qanot vingeri pozitsiyasida harakat qilishi mumkin bo'ladi.
O'tgan mavsumda «qaymoqranglilar» turli formatsiyalarga murojaat qilishdi, ammo eng ko'p Mbappe va Vinisius oldinda bo'lgan 4-4-2 ko'rinishlaridan foydalanildi.
Mourinoning tayinlangani haqida iyun oyi boshida e'lon qilingan edi. Mutaxassis 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekkan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar