Mourino «Real» himoyachisining transferini ma'qulladi

19 yoshli Viktor Valdepenyas faoliyatini Italiyaning «Fiorentina» klubida davom ettiradi. O'tish jamoaning yangi bosh murabbiyi Joze Mourino tomonidan ma'qullangani qayd etilgan.
Manbalarning ta'kidlashicha, «Fiorentina» Valdepenyas uchun 8 million evro to'laydi. Yaqin ikki kun ichida futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Florentsiyaga etib kelishi kerak.
Shu bilan birga, shartnoma shartlariga ko'ra, «Real» futbolchining keyingi sotuvidan 50 foiz ulush oladi. Bundan tashqari, madridliklar uch mavsum davomida uni 10–12 million evro evaziga qayta sotib olish optsiyasidan foydalanishlari mumkin. «Fiorentina» Valdepenyas bilan 5 yillik bitim imzolashni rejalashtirmoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar